Fizikani 3D tajribalar orqali o'rganing va o'rgating

Fizika o'qituvchilari va o'quvchilari uchun interaktiv platforma: virtual laboratoriyalar, Quyosh sistemasi 3D, fizika reels, tayyor dars ishlanmalari va BSB/CHSB hisoboti. Telegram'da ham, brauzerda ham ishlaydi.

Kirish Telegram akkauntingiz orqali — parol kerak emas.

Fizika Olami: Quyosh sistemasi 3D va sayyoralar
843D laboratoriya
184mavzu: nazariya, formula, test
133fizika reels
1 tugmadars ishlanmasi (Word)

Nimalar bor?

O'qituvchining kundalik ishini tejaydigan va o'quvchini qiziqtiradigan vositalar bir joyda.

🔬

3D virtual laboratoriyalar

Mexanika, elektr, optika, atom fizikasi va astronomiya — asboblarni barmoq bilan ulash, surish va o'lchash mumkin.

🪐

Quyosh sistemasi 3D

Sayyoralar bugungi haqiqiy joylashuvida; har birini yaqindan aylantirib ko'ring: halqalar, yo'ldoshlar, ma'lumotlar.

🎬

Fizika reels

Qisqa animatsion masalalar, isbotlar va savollar — darsda mustahkamlash uchun ideal.

🗂

Dars to'plami va KTP

Har bir mavzuga: dars ishlanmasi (Word), mos laboratoriya, reels va 2 variantli mustaqil ish. KTP rejangiz bo'yicha bugungi dars.

📑

BSB / CHSB hisoboti

Ballarni kiriting — sifat, o'zlashtirish, baholar taqsimoti va xulosa avtomatik. Word, Excel yoki rasm.

📝

Testlar va masalalar

184 mavzu bo'yicha nazariya, formulalar, test va hisob masalalari; olimpiada va attestatsiyaga tayyorgarlik.

Optika va atom fizikasi 3D laboratoriyalari

Laboratoriya — qo'lda, ekranda

  • Fotoeffekt, Bor modeli, prizma, Yung tajribasi, rentgen, zanjir reaksiya…
  • Asboblarni sudrang, dastaklarni burang — natija darhol o'zgaradi
  • Har bir tajribada topshiriq va formula hisobi
  • Proyektor yoki interaktiv doskada katta ekranda
Sayyoralar 3D formatda

Sayyoralarni yaqindan ko'ring

  • Quyosh, Yer, Oy, Mars, Yupiter, Saturn, Uran, Neptun, Pluton
  • O'q og'ishi, halqalar va yo'ldoshlar aylanib turadi
  • Haqiqiy o'lchamlar nisbatini solishtirish
  • Diametr, massa, yil, sutka, harorat — jadvalda
Dars to'plami: KTP va dars ishlanmasi

Darsga 1 daqiqada tayyorlaning

  • KTP rejangizni nusxalab qo'ying — mavzular avtomatik bog'lanadi
  • «Bugungi dars» bitta tugmada
  • Dars ishlanmasi: maqsadlar, bosqichlar, formulalar, uyga vazifa
  • Mustaqil ish: 2 variant, javoblar kaliti bilan
BSB va CHSB hisoboti

BSB va CHSB hisoboti avtomatik

  • Chorakdagi BSB sonini o'zingiz belgilaysiz
  • Sifat va o'zlashtirish foizi, o'rtacha baho, taqsimot
  • Xulosa matni tayyor
  • Word, Excel yoki rasm — bir bosishda

Obuna

30 000 so'm

1 oy uchun · yoki Telegram Stars orqali 150 ⭐
Yangi foydalanuvchilarga bepul sinov kunlari. O'quvchilar ustozi bergan login bilan bepul kiradi.

Ko'p beriladigan savollar

Qanday kiraman?

«Dasturga kirish» tugmasini bosing va «Log in with Telegram» orqali Telegram akkauntingizni tasdiqlang. Parol kerak emas. Yoki dasturni to'g'ridan-to'g'ri Telegram botda oching.

Telegram va saytdagi ma'lumotlarim bir xilmi?

Ha. Bitta Telegram akkaunt — bitta obuna. O'quvchilar ro'yxati, natijalar va hisobotlar barcha qurilmalarda bir xil.

Qanday to'layman?

Karta orqali (chekni botga yuborasiz) yoki Telegram Stars bilan. To'lov tasdiqlangach, obuna darhol faollashadi.

Kompyuterda ishlaydimi?

Ha — telefon, planshet, kompyuter va interaktiv doskada brauzer orqali ishlaydi.